Paul Dirac

Dirac 1933

Paul Dirac (talaffuzi: Paul Dirak) (1902.8.8, Bristol1984) — ingliz nazariyotchi fizigi, kvant mexanika asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1930-yildan). Bristol (1921) va Kembrij (1926) universitetlarini tamomlagan. Kvant elektrodinamika va gravita-siyaning kvant nazariyasiga asos solgan. Ilmiy ishlari kvant mexanika va kvant elektrodinamikaga, maydon va elementar zarralar nazariyasiga, gravitatsiya nazariyasiga doyr. Kvant statistika (Fermi—Dirak statistikasi)ni ishlab chiqqan; ikkilamchi kvantlash usulini taklif qilib, kvant nazariyasi prinsiplarini birinchi boʻlib elektromagnit maydon uchun tatbiq etgan (1927), kvant maydonning birinchi modelini topgan; elektronning kvant mexanika nazariyasini nisbiylik nazariyasip moslab ishlab chiqqan (1928), bu nazariyaga asosan pozitron topilgan; tabiatda antimoddaning mavjudligi gipotezasini bayon qilgan (1933); 1962-yilda meon nazariyasini ishlab chiqqan (unda meon elektronning tebranish holati sifatida ifodalanadi). Nobel mukofoti laureati (1933, E. Shryodinger bilan hamkorlikda).

Manbalar

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil