OpenStreetMap | |
---|---|
Joriy holati | faol |
Sayt turi | veb xarita |
Qaysi tillarda | ingliz tili |
Muassisi | OpenStreetMap Foundation |
URL | www.openstreetmap.org |
OpenStreetMap (qisqacha OSM) — bepul dasturiy taʼminot shartlari asosida yaratilgan erkin va ochiq kodli jahon boʻylab xaritalash loyihasi. Ushbu loyiha GPS qabul qiluvchilaridan hamda boshqa ommaviy foydalanish manbalaridan toʻplangan maʼlumotlar asosida yaratilgan.
OpenStreetMap bu butun dunyo boʻylab koʻngillilar tomonidan yaratilgan bepul jahon xaritasi loyihasidir. OpenStreetMap foydalanuvchilarga oʻz kontentini yaratadigan tuzilishga ega sanaladi, xuddi Vikipediya singari (Vikipediyadan ilhomlangan). Xaritalar GPS-treklar, sunʼiy yoʻldosh fotosuratlari hamda mahalliy hukumat tomonidan taqdim etilgan turli xil maʼlumotlarga mos ravishda yaratilgan.
OpenStreetMapdagi barcha kontent Open Database License tomonidan himoyalangan.
Dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi koʻngillilar ishtirokida oʻsishda davom etayotgan OpenStreetMap, bugungi kunda koʻplab shaharlarning bepul va ochiq xaritalarini oʻz ichiga oladi.
24-fevral 2020-yil holatiga koʻra, OSMning foydalanuvchilar soni 6 137 451 tani tashkil etadi.