Manuel Akanji

Manuel Akanji
2018-yil Akanji Shvetsariya terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Manuel Obafemi Akanji
Tavallud sanasi 19-iyul 1995-yil (1995-07-19)
Tavallud joyi Wiesendangen, Switzerland
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2007 FC Wiesendangen
2007-2014 Winterthur
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2015 Winterthur 35 (1)
2015-2018 Basel 42 (5)
2018- Borussia Dortmund 119 (4)
Milliy terma jamoa
2014 Shvetsariya U20 2 (0)
2014-2015 Shvetsariya U21 6 (0)
2017- Shvetsariya 41 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-may uchun)

Manuel Obafemi Akanji (1995-yil 19-iyulda tugʻilgan) — shveysariyalik professional futbolchi, Bundesliganing Borrusia Dortmund klubi va Shveysariya terma jamoasi himoyachisi.

Klubdagi faoliyati

Wiesendangen shahrida tugʻilgan Akanji oʻzining yoshlik faoliyatini Vizendangendagi mahalliy klubda boshlagan. 2007-yil may oyida Akanji klubini oʻzgartirdi va „Vintertur“ klubining yoshlar jamoasi oʻyinchisi boʻldi. Dastlabki yillarida u 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida, keyin esa ikkinchi jamoasida oʻynagan. 2014-15-Challenge ligasida u Vinterturning boshlangʻich tarkibida edi.

Basel

2015-yilning 15-aprelida Akanji Superliganing 2015-16-yilgi mavsumi uchun Baselga oʻtishi eʼlon qilindi. U Shveysariya Superligasidagi debyutini 2015-yilning 26- sentyabrida „Lugano“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Murabbiy Urs Fisher qoʻl ostida Akanji 2015-16-Superliga mavsumi va 2016-17-Superliga mavsumi oxirida ikkinchi marta Shveysariya Superligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Klub uchun bu ketma-ket sakkizinchi chempionlik va jami 20-chempionlik unvoni boʻldi. Shuningdek, ular Shveysariya kubogini oʻn ikkinchi marta qoʻlga kiritishdi, bu esa klub tarixida oltinchi marta dublga erishganini anglatadi.

Borussiya Dortmund

Akanji 2018-yilning 15-yanvarida qishki transferlar vaqtida Dortmundning „Borussiya“ klubiga 18 million yevro evaziga oʻtgan edi. U 2022-yilning iyuniga qadar toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi. 27-sentyabr kuni Akanji klub uchun birinchi golini va Bundesligadagi birinchi golini urdi. Akanji 2019/20-yilgi mavsumda Dortmundning „Bavariya“ga muvaffaqiyatsiz oʻyini paytidagi xatolari uchun koʻp tanqid qilindi. Akanji jamoaning zaif boʻgʻini sifatida alohida koʻrsatilgan asosiy oʻyinchilardan biri edi.

Terma jamoadagi faoliyati

Akanji Shveysariya U20 terma jamoasida ikkita oʻyinda maydonga tushdi. Uning debyuti 2014-yilning 7-sentyabrida Germaniya U20 terma jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) boʻlgandi. 2014-yildan u Shveysariya U21 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 26-mart kuni Italiya U21 terma jamoasiga qarshi oʻyinda (0:3) debyut qilgan.

Akanji 2017-yil 9-iyun kuni JCh-2018 saralashi doirasidagi Farer orollariga qarshi oʻyinda (2:0) terma jamoaga chaqirilgan va oʻsha oʻyinda debyut qilgan. U butun 90 daqiqa oʻynadi.

U Shveysariya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan.

2019-yilning may oyida u 2019-yil UEFA Millatlar ligasida oʻynadi va uning jamoasi 4-oʻrinni egalladi.

2021-yilda u 2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati uchun milliy terma jamoaga chaqirildi va u yerda jamoa chorak finalga qadar yetib bordi va turnirning asosiy sensatsiyalaridan birini yaratdi.

Shaxsiy hayot

Akanji Shveysariyaning Wiesendangen shahrida tugʻiladi. Uning onasi shveysariyalik, otasi esa nigeriyalik boʻlgan.

Yutuqlar

Fc Basel

  • Shveysariya Superligasi: 2015-16, 2016-17
  • Shveysariya kubogi: 2016-17

Borussiya Dortmund

  • DFB-Pokal: 2020-21
  • DFL-Superkubogi: 2019

Manbalar

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Switzerland“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Manuel Akanji: 10 things on Borussia Dortmund's new Swiss international defender“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website.
  3. „Manuel Akanji“. Borussia Dortmund. 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
  4. „Manuel Akanji: 10 things on Borussia Dortmund's new Swiss international defender“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  5. Ein neuer Verteidiger für den FCB: Manuel Akanji kommt vom FC Winterthur (Wayback Machine saytida 2016-01-31 sanasida arxivlangan) TagesWoche dated 15.
  6. Marti. „Es ist vollbracht ! Der FCB ist zum 19. Mal Meister“. FC Basel 1893 (2016). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.
  7. Marti. „Der Saisonabschluss im Zeitraffer“. FC Basel 1893 (2017). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
  8. "Wechsel perfekt!
  9. Borussia Dortmund. „BVB verpflichtet Schweizer Nationalspieler Manuel Akanji“. bvb.ch (2018). Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
  10. „Marco Reus stars as breathtaking Borussia Dortmund put seven past Nuremberg“. Bundesliga. Qaraldi: 2018-yil 29-sentyabr.
  11. „Three Borussia Dortmund players who need to improve“ (2019-yil 11-noyabr). 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
  12. „Färöer Inseln 0:2 Schweiz“. football.ch. Schweizerischer Fussballverband (2017-yil 9-iyun). Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  13. „Pickford the hero in England shootout win“. BBC Sport.
  14. https://www.uefa.com / uefaeuro-2020 / match / 2024485 — switzerland-vs-spain / lineups /? iv = true
  15. „Manuel Akanji: 10 things on Borussia Dortmund's new Swiss international defender“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr. [sayt ishlamaydi]
  16. „Swiss football: FC Basel wins 3-0 over Sion in Geneva; police extra vigilant after game“. allaboutgeneva.com (2017-yil 25-may). 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-may.

Havolalar

Shveysariya futbol ligasi bosh sahifasidagi profil