Julio Salinas

Julio Salinas
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Julio Salinas Fernández
Tavallud sanasi 11-sentyabr 1962-yil (1962-09-11)
Tavallud joyi Bilbao, Ispaniya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1974—1981 Athletic Bilbao
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1981—1984 Athletic Bilbao B 93 (60)
1982—1986 Athletic Bilbao 68 (13)
1986—1988 Atlético Madrid 75 (31)
1988—1994 Barcelona 146 (60)
1994—1995 Deportivo La Coruña 24 (12)
1995—1996 Sporting Gijón 54 (24)
1997—1998 Yokohama Marinos 47 (34)
1998—2000 Alavés 50 (12)
Milliy terma jamoa
1983—1984 Ispaniya U21 7 (3)
1986—1996 Ispaniya 56 (22)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Julio Salinas Fernández (talaffuzi: Xulio Salinas Fernández; 1962-yil 11-sentabrda tugʻilgan) — 1980 va 1990-yillarda oʻynagan ispaniyalik sobiq futbolchi.

Uzun boʻyli, mahoratli markaziy hujumchi, „Barcelona“ futbol klubidagi faoliyati bilan esda qolgan. Futbolchi oʻz faoliyatini Bilbaoning „Athletic jamoasida boshlagan. Shu bilan birga u klub va terma jamoa uchun samarali toʻpurar boʻlgan.

Salinas Ispaniya terma jamoasi safida 56 ta o‘yin o‘tkazgan va uchta jahon chempionati va ikkita Yevropa chempionatida milliy terma jamoa sharafini himoya qilgan.

Salinas Vizcayaning Bilbao shahrida tugʻilgan va 11 yoshida Bilbaoning Athletic yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 1983—1984-yillarda u ikkinchi divizionning Pichichi Trophy mukofotini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, ikki mavsum davomida asosiy jamoa uchun 13 oʻyin oʻtkazdi. 1983-yil 26-martda RC Celta de Vigo futbol klubiga qarshi oʻz uyida 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Xalqaro faoliyati

Salinas oʻn yil davomida Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilib, 22 ta gol urgan. Uning debyuti 1986-yil 22-yanvarda Las-Palmasda Sovet Ittifoqiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Salinas mamlakatni uchta FIFA Jahon chempionatida himoya qilgan.

1994-yilgi Jahon chempionatining chorak finalida Italiyaga qarshi oʻyinda, Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda (2:2) raqib darvozasini ishgʻol qilgan.

Nafaqaga chiqqandan soʻng, Salinas avval RTVE, keyin esa laSextada sport sharhlovchisi sifatida ishlay boshlagan.

Shaxsiy hayoti

Salinasning ukasi Francisko ham professional futbolchi (markaziy himoyachi) boʻlgan va „Athletic Bilbao“ va „Celta“ futbol klublarida oʻynagan. Ikkalasi ham 1982—1983-yilgi mavsumda oliy divizionda debyut qilgan.

Statistika

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Athletic Bilbao 1982—1983 7 1 6 3 4 0 0 0 17 4
1983—1984 6 0 2 2 2 1 0 0 10 3
1984—1985 28 8 10 4 1 0 1 1 40 14
1985—1986 27 4 6 2 0 0 3 3 36 9
Jami 68 13 24 12 7 1 4 4 103 30
Atlético Madrid 1986—1987 38 15 6 2 - 3 1 47 18
1987—1988 37 16 5 2 - - 42 18
Jami 75 31 11 4 0 0 3 1 89 36
Barcelona 1988—1989 37 20 5 4 - 7 2 49 26
1989—1990 34 15 7 2 - 4 1 45 18
1990—1991 33 11 4 4 - 8 2 45 17
1991—1992 17 7 2 0 - 5 2 24 9
1992—1993 18 5 5 5 - 3 0 26 10
1993—1994 7 2 4 2 - 1 0 12 4
Jami 146 60 27 17 0 0 28 7 201 84
Deportivo 1994—1995 24 12 4 4 - 4 0 32 16
Sporting Gijón 1995—1996 38 18 4 4 - - 42 22
1996—1997 16 6 16 6
Jami 54 24 4 4 0 0 0 0 58 28
Yokohama Marinos 1997 26 21 2 2 5 3 - 33 26
1998 21 13 0 0 3 1 - 24 14
Jami 47 34 2 2 8 4 - 57 40
Alavés 1998—1999 22 4 0 0 - - 22 4
1999—2000 28 8 2 0 - - 30 8
Jami 50 12 2 0 0 0 0 0 52 12
Umumiy faoliyatida 464 186 74 43 15 5 39 12 592 246

Manbalar

  1. Herrán, Alfonso. „Julio Salinas: el futbolista incomprendido“ (es). Diario AS (2016-yil 12-iyul). Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
  2. „El Athletic, sin problemas“ (es) (PDF). Mundo Deportivo (1983-yil 27-mart), s. 10. Qaraldi: 2014-yil 21-mart.
  3. „Muñoz selecciona a Chendo y a Julio Salinas contra la URSS“ (es). El País (1986-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
  4. Del Mar, Héctor. „2–0: España venció a la URSS en un partido jugado a gran velocidad por ambos equipos“ (es). ABC (1986-yil 23-yanvar), s. 65. Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
  5. Pascual, A.. „Del utillero falangista al positivo de Calderé: nuestro Mundial 86 en diez episodios“ (es). El Confidencial (2016-yil 21-may). Qaraldi: 2017-yil 28-sentyabr.
  6. „La Sexta ficha a Salinas, Kiko, Chapi Ferrer y Maceda“ (es). Info Periodistas (2006-yil 29-avgust). Qaraldi: 2013-yil 17-sentyabr.
  7. Díaz, Mario. „La 'vendetta' de los hermanos Salinas“ (es). El País (1995-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 17-sentyabr.