Geneva universiteti | |
---|---|
Xalqaro nomi | Université de Genève |
Shiori | Post tenebras lux (Lotin tilida), Light after darkness (ingliz tilida) |
Asos solingan | 1559 |
Oʻquv yurti turi | Mahalliy universiteti |
Rektori | Yves Flückiger |
Talabalari | 17,271 |
Vebsayti | www.unige.ch |
Koordinatalari: 46°11′56.364000000007″N 6°8′40.055999999999″E / 46.19899000000000200°N 6.14445999999999959°E G O
University of Geneva (fransuzcha: Université de Genève) Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. U 1559-yilda Jon Kalvin tomonidan teologik seminariya sifatida tashkil etilgan. U yerda XVII asrga qadar ilohiyotga eʼtibor qaratilgan, u maʼrifiy stipendiya markaziga aylandi. Bugungi kunda u talabalar soni boʻyicha Shveytsariyadagi uchinchi yirik universitetdir.
1873-yilda u oʻzining diniy mansubligidan voz kechdi va rasman dunyoviy boʻldi. 2009-yilda Geneva universiteti tashkil topganining 450 yilligini nishonladi. Talabalarning qariyb 40 foizi xorijiy davlatlardan kelgan.
Universitet 1559-yilda Jon Kalvin tomonidan Academy of Geneva(Academie de Genève) sifatida, protestant Jenevada xalq taʼlimi markazi boʻlishi uchun tashkil etilgan. 1565-yilda akademiyada huquqshunoslik oʻqitilishi boshlandi.
Fransiyaning Jenevani qoʻshib olishi davrida (1798-1813) maktab darajalar va uning fakultetlarga boʻlinishi joriy qilingan holda yanada universal formatga aylantirildi. Ushbu modernizatsiya jarayoni milliy tiklanish davrida davom etdi.
Jeneva universiteti shaharning sharqiy qismidagi bir nechta tumanlarda va unga yaqin joylashgan Karuj shahrida (Leman va Rona koʻlining chap qirgʻogʻida) joylashgan va turli binolar baʼzan bir-biridan juda uzoqda joylashgan. Eng qadimgi bino (1559) Kalvin kolleji boʻlib, u endilikda universitet binosi hisoblanmaydi. Maʼruzalar olti xil asosiy joyda Les Bastions, Uni Dufour, Sciences I, II va III, Uni Mail va Uni Pignon, Center Médical Universitaire (CMU) va Battelleda oʻtkaziladi.
1868-1871-yillarda qurilgan Uni Bastions Jenevaning akademik hayotining ramzi hisoblanadi. U parkning oʻrtasida joylashgan boʻlib, protestant ilohiyot fakulteti va sanʼat fakulteti hisoblanadi.
Uning arxitekturasi Le Korbusier binosidan ilhomlangan holda qilingan. Unda rektorat va universitet maʼmuriyati joylashgan.
Bu Shveytsariyaning ijtimoiy fanlarga bagʻishlangan eng katta binosi. Hozirda u huquq, iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, psixologiya va pedagogik hamda tarjima va tarjimonlik fakultetlari hisbolanadi.
Jeneva universiteti turli fanlar boʻyicha taʼlim, tadqiqot va jamiyatga xizmat koʻrsatadigan turli fakultetlar va fakultetlararo markazlardan tuzilgan.
Universitet toʻqqizta fakultetdan iborat:
Jeneva universiteti 2016-yil uchun taxminan 760 million CHF byudjetiga ega edi. Bu asosan oʻqish toʻlovlaridir.
Bakalavr dasturiga topshirish uchun Sheytsariya boshlangʻich taʼlim diplomi yoki Jeneva Universiteti tomonidan ekvivalent deb hisoblangan oʻrta diplomga ega boʻlishi kerak. Agar daraja fransuz tilida oʻqilmagan boʻlsa, abituriyentlar sentyabr oyining boshida ogʻzaki va yozma testidan va yozma inshodan iborat boʻlgan fransuz tili boʻyicha imtihondan oʻtishlari kerak. Oʻqish toʻlovlari bir semestr uchun 500 CHF.
QS World University Rankings Jeneva universitetini quyidagicha baholadi:
2016-yilda Jeneva universiteti Shanxay reytingiga koʻra dunyoda 53-oʻrinni egalladi. 2012-yilda u Shanxay reytingiga koʻra dunyoda 69-oʻrinni, QS reytingiga koʻra umumiy 74-oʻrinni va THE reytingiga koʻra 133-oʻrinni egalladi. 2006-yilda Newsweek universitetni dunyoda 32-oʻringa qoʻydi.
Times Higher Education World University Rankings Jeneva universitetini quyidagi tarzda joylashtirdi:
Yil | Shveytsariyada | Yevropada | Dunyoda |
---|---|---|---|
2016-yil | - | - | 89 |
2015-yil | - | - | 85 |
2012-yil | - | - | 74 |
2011-yil | - | - | 69 |
Yil | Shveytsariyada | Yevropada | Dunyoda |
---|---|---|---|
2015-2016- yillar | 6 | 131 | |
2012-2013- yillar | 5 | 52 | 133 |
2011-2012-yillar | 7 | 46 | 116 |
2010-2011-yillar | 5 | 34 | 118 |